Flat Preloader Icon

VOTUM RATING ILK OLIYGOHLAR KATALOGINI TAQDIM ETADI

26.03.2024 - 01:52

VOTUM RATING axborot-reyting agentligi mamlakatimiz tarixidagi birinchi oliy ta’lim muassasalari katalogini chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Undan avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ta’lim olish imkoniyati O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu so‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlari soni ham, ulardagi o‘rinlar ham ko‘payishiga olib keldi. «Mos» universitetga kirish va mutaxassislik tanlashda xato qilmaslik har bir bitiruvchining orzusidir.

Universitetni tanlash jarayoni nafaqat vaqtni, balki turli parametrlarni, masalan: fakultet va yo‘nalishlarni, budjet joylari va yotoqxonalarning mavjudligi, o‘qish to‘lovlari va qo‘shimcha kirish imtihonlari, harbiy kafedra va boshqa ko‘p narsalarni keng tahlil qilishni talab qiladi. Bugungi kunga qadar abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun asosiy ma’lumot manbai Internet va og‘zaki so‘zlar bo‘lib qolmoqda. Agar ro‘yxatdan o‘tishdan oldin bo‘lajak talaba o‘nlab qidiruv tizimining natijalari sahifalarini va yuzlab saytlarni o‘rganishini hisobga olmasa, hammasi osondek. Bu harakat talab qiladi, ko‘p vaqtni oladi, bundan tashqari, Internetdagi barcha ma’lumotlar ham to‘g‘ri emas.

Muammo aniq: O‘zbekiston universitetlari, litseylari va kollejlari to‘g‘risidagi jamlangan va tuzilgan ma’lumotlar bo‘lajak talabalar uchun tushunarli shaklda moslashtirilgan va ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Bunday katalogni yaratish tashabbusi sanoat reytinglariga ixtisoslashgan VOTUM RATING agentligi tomonidan ko‘tarildi. Katalogda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan tuzilgan kelishuvlarga asosan O‘zbekistonning yetakchi ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar, jumladan, mavjud ta’lim darajalari, fakultetlar, o‘qitish tillari, to‘lovlar, talabalar va o‘qituvchilar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, xorijdagi hamkor universitetlar va boshqa muhim jihatlar joylashtiriladi. Ushbu nashr formati o‘quvchilarni ishonchli va obyektiv ma’lumot manbai bilan ta’minlaydi va universitet tanlashda xato qilish xavfini minimallashtirishga yordam beradi.

Katalogda ta’lim muassasalari ro‘yxatidan tashqari tahliliy va o‘quv materiallari, ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislarning fikr-mulohazalari ham o‘rin oladi.

VOTUM RATING dan O‘zbekistondagi universitetlar katalogini bo‘lajak talabalar ham, ularning ota-onalari ham, o‘quv markazlari, davlat korxonalari va sifatli kadrlarga qiziquvchi tadbirkorlik sub’ektlari ham intiqlik bilan kutmoqda. Ushbu muhim voqea nafaqat oliy va o‘rta ta’lim tizimi haqidagi tasavvurni takomillashtirish va batafsil ma’lumot berish, balki kasb tanlashda ongli qarorlar qabul qilishda ham muhim manbaga aylanadi.

Читать