Flat Preloader Icon

Kataloglar

Open Book

Toshkentdagi eng yaxshi 100 ta restoran

Restoratorlar orasida, gastronomik madaniyat – o‘z milliy oshxonasi kuchli jihati hisoblanmaydigan davlatlarda ko‘proq ravnaq topadi, degan tushuncha yuradi.
Bu go‘yo paradoksdek tuyuladi, lekin uning mutlaqo mantiqiy izohi bor: mahalliy taomga bo‘lgan haddan ziyod ehtirom boshqa uslub va yo‘nalishlarning talabgir bo‘lishiga kam imkon qoldiradi.

Toshkent, Markaziy Osiyoning eng taraqqiy etgan megapolislaridan biri sifatida, shu bilan birga, O‘zbekistonning ko‘p asrlik an’analari va turfa xil aql bovar qilmas inshootlarga ega zamonaviy shaharlar sohibi hamdir. Bu yerda o‘zbek oshxonasining dovrug‘ini ko‘taruvchi butun dunyodan ta’m va iforlarning o‘zaro mujassamlashuvi dunyoga kelgan. Bu o‘zaro aloqalar, madaniyatlar totuvligiga yangi qarashni ochib beruvchi va izlanish talab qiladigan mahalliy fenomen.

Toshkentdagi eng yaxshi muassasalarning birinchi bosma katalogini yaratish g‘oyasi shunday paydo bo‘ldi. Loyiha ustida ishlash jarayonida g‘oyat zavqli hayrat hissi tark etmadi. Restoratorlarning o‘tkir tafakkuridagi qanchadan qancha original fikrlar, benuqson ta’m, o‘rinli va g‘ayrioddiy qarorlar, mardonavor talqinlar va dadil harakatlar! Gastronomiyaning haqiqiy musavvirlari! “Ikki kishilik vokzal” filmidagi mashhur sahnaga ko‘ra, restoran – shaharning tashrif qog‘ozi. Shunday ekan, Toshkentda bunday tashrif qog‘ozlari son-sanoqsiz. Biroq, “Botir qiyinni yengar, nomard bo‘yinni” deganlaridek: VOTUM RATING va Chase Group kommunikatsiya agentligi buni amalga oshirishga harakat qilishdi. Qo‘lingizdagi ushbu 128 sahifali to‘ldirilgan “tashrif qog‘ozi” esa — shaharliklar va poytaxt mehmonlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan qimmatli yo‘riqnoma.