Flat Preloader Icon
28.12.2024 - 16:04

“Votum Rating” MCHJ va GRANDPR kommunikatsiya agentligi Toshkent shahridagi “Labzak” mahallasi aholisiga 30-dekabr kuni soat 15:00 da HYATT mehmonxonasining “Farg‘ona” zalida (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 1A) Labzak ko‘chasi, 12/2 manzilida ko‘p funksiyali turar-joy majmuasini qurish masalasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

Eshituvda ishtirok etishni istagan barcha mahalla aholisi, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar taklif etiladi. Eshituv davomida ishtirokchilar loyihaga o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bildirilgan fikrlar jamlangan holda loyiha mualliflariga hamda tegishli davlat idoralariga yuboriladi.

Читать