Flat Preloader Icon

VOTUM RATING tomonidan O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi TOP-100 restoranlar katalogi e’lon qilindi

23.05.2024 - 12:33

Poytaxtning eng mashhur maskanlarida ham shaharliklar uchun, ham turistlar uchun qimmatli bo‘lgan gastrogid paydo bo‘ldi.  

Restoratorlar orasida, gastronomik madaniyat – o‘z milliy oshxonasi kuchli jihati hisoblanmaydigan davlatlarda ko‘proq ravnaq topadi, degan tushuncha yuradi. Bu go‘yo paradoksdek tuyuladi, lekin uning mutlaqo mantiqiy izohi bor: mahalliy taomga bo‘lgan haddan ziyod ehtirom boshqa uslub va yo‘nalishlarning talabgir bo‘lishiga kam imkon qoldiradi.

Toshkent, Markaziy Osiyoning eng taraqqiy etgan megapolislaridan biri sifatida, shu bilan birga, O‘zbekistonning ko‘p asrlik an’analari va turfa xil aql bovar qilmas inshootlarga ega zamonaviy shaharlar sohibi hamdir. Bu yerda o‘zbek oshxonasining dovrug‘ini ko‘taruvchi butun dunyodan ta’m va iforlarning o‘zaro mujassamlashuvi dunyoga kelgan. Bu o‘zaro aloqalar va madaniyatlar totuvligiga yangi qarashni ochib beruvchi va izlanish talab qiladigan mahalliy fenomen.

03-2

Bepul gastroyo‘lboshchi 

VOTUM RATING tahririyatiga Toshkentdagi eng yaxshi muassasalarning birinchi bosma katalogini yaratish g‘oyasi aynan shu tariqa keldi. Loyiha ustida ishlash jarayonida g‘oyat zavqli hayrat hissi tark etmadi. Restoratorlarning o‘tkir tafakkuridagi qanchadan qancha original fikrlar, benuqson ta’m, o‘rinli va g‘ayrioddiy qarorlar, mardonavor talqinlar va dadil harakatlar! Gastronomiyaning haqiqiy musavvirlari! “Ikki kishilik vokzal” filmidagi mashhur sahnaga ko‘ra, restoran – shaharning tashrif qog‘ozi. Shunday ekan,  Toshkentda bunday tashrif qog‘ozlari son-sanoqsiz.

Poytaxtning eng mashhur maskanlarida VOTUM RATING tomonidan jamlangan 128-sahifali restoranlar katalogi – ham shaharliklar uchun, ham poytaxt mehmonlari uchun dolzarb bo‘lgan qimmatli yo‘lboshchi dunyo yuzini ko‘rdi. U bepul tarqatiladi.



Katalogdan kitobxon nafaqat Toshkentdagi eng yaxshi restoranlari, qahvaxonalari, fast-fud va tungi muassasalar haqida bilib oladi, balki qiziqarli ko‘p sahifali materiallar bilan tanishadi. Siz Neapolning qahva afsonalari sirini ochasiz, yaponcha uzoq umr ko‘rish sirlarini bilib olasiz, antik davrlardan boshlab fastfud tarixi bilan tanishasiz, shuningdek, shahrimizning gastronomik ansambli ularsiz to‘liq bo‘lmaydigan Toshkentning qadimiy muassasalari joylashgan manzillariga ega bo‘lasiz. Nashr buyuk oshpazlarning o‘rinli iqtiboslari bilan to‘ldirilgan va ayniqsa sinchkov o‘quvchilarni muassasa nomidan chegirmali promo-kodlar va sovg‘alar kutmoqda.                       

Dunyo lazzatlari kaleydoskopi  

Gippokrat aytganidek, biz – tanovul qilgan narsamizning aynan o‘zimiz. Agar ushbu  formulaga kengroq nigoh tashlansa, bizning oldimizda chegara yo‘qligi ayon bo‘ladi: mana sizga Monmartrda kruassan bilan ertalabki qahva, London kafesida branch, maftunkor Istanbulda tushlik, al Bano ostida tungi Mayami yoki Seul ritmiga silliq tushuvchi sitsiliyacha dolce vita. Variantlardan o‘z xohishingizcha qanday foydalanmang, gastronomik Toshkentning mozaikasi hosil bo‘ladi. Faqat VOTUM RATING katalogi bilan kayfiyatga qarab joy tanlang.            

Katalogni onlayn tarzda bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Читать