Flat Preloader Icon

Ochiqlik tamoyiliga ko‘ra O‘zbekistondagi TOP oliy ta’lim muassasalari

20.06.2024 - 09:18

VOTUM agentligi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining ochiqlik reytingini taqdim etadi.

Baholandi: universitetlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar hajmi, ochiq manbalardagi ma’lumotlarning mavjudligi va oliy o‘quv yurtlari vakillarining muloqotchanligi.

Turnir jadvalidagi yetakchilar:

  • Central Asian University
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
  • ISFT instituti
  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti  
  • M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali

Top-reyting qanday paydo bo‘ldi? 

Oliy ta’lim muassasalarining ochiqligi reytingi – O’zbekiston VOTUM Universities oliy o‘quv yurtlarining to’liq katalogi ustida olib borilgan mashaqqatli ishlarning natijasidir. O‘quv yurtlari bo‘yicha qo‘llanma yaratishda agentlik jamoasi, abituriyentlar singari, qiyinchiliklarga duch keldi va ba’zida juda oz ma’lumot to‘pladi. Ayrim universitetlar qiyinchilik bilan aloqaga chiqishdi, mavjud ma’lumotlar esa to‘liq emas edi.

Xayriyatki, aksariyat ta’lim muassasalari faol hamkorlik qildilar. Taqdim etilgan ma’lumotlar uchun universitetlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirish uchun VOTUM ochiqlik reytingini ishlab chiqdi.

O‘zbekiston universitetlari haqida yanada ko‘proq ma’lumot  — @votumstud_bot da

OTM lar VOTUM bilan bog‘lanishlari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishlari va reytingning keyingi nashrida o‘z mavqelarini yaxshilashlari mumkin.   

Читать