Flat Preloader Icon

Sea Breeze Uzbekistan: loyihaning ekologik jihatlari yuzasidan jamoatchilik muhokamasining boshlanishi

29.12.2025 - 14:24

Loyiha bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni jamoatchilik eshituvlari davomida yoki yozma shaklda taqdim etishingiz mumkin.

2026-yil 23-yanvar kuni soat 11.00 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan “Sea Breeze Uzbekistan” turistik majmuasi qurilishi loyihasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash (ZVOS / EIA) doirasida jamoatchilik eshituvlari bo‘lib o‘tadi.

Loyiha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida, Chorvoq suv omborining sharqiy qirg‘og‘i hududida joylashgan bo‘lib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etishni nazarda tutadi.

LOYIHANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
• dam olish va rekreatsiya obyektlari;
• mehmonxona va servis infratuzilmasi;
• piyoda va transport yo‘llari;
• muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari;
• obodonlashtirish va yashil hududlar.

EKOLOGIK BAHOLASH DOIRASIDA:
• hududning mavjud ekologik holati tahlil qilingan;
• qurilish va ekspluatatsiya davridagi mumkin bo‘lgan ta’sirlar baholangan;
• salbiy ta’sirlarning oldini olish va kamaytirish choralari ishlab chiqilgan;
• atrof-muhit monitoringi mexanizmlari belgilangan.

Loyiha hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ekologik qonunchiligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyiha bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni jamoatchilik eshituvlari davomida yoki yozma shaklda taqdim etishingiz mumkin.

Jamoatchilik vakillari, mutaxassislar va barcha manfaatdor tomonlarni jamoatchilik eshituvlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!