Janubiy Koreyaning akademik yuksaklikka intilishi Wisevoter tomonidan eʼlon qilingan 2023 yilda eng yuqori oliy maʼlumotli mamlakatlar reytingida o‘z aksini topgan.
Mamlakatda aholining deyarli 70 foizi oliy taʼlimni tamomlagan, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Kuchli uchlikka Kanada va Yaponiya 5 foizdan kam farq bilan kiradi.
Taʼlim darajasi yuqori 10 ta davlat quyidagicha:
- Janubiy Koreya – 69,29%
- Kanada – 66,36%
- Yaponiya – 64,81%
- Lyuksemburg – 63,12%
- Irlandiya – 62,88%
- Rossiya – 62,09%
- Litva – 57,48%
- Buyuk Britaniya – 57,47%
- Niderlandiya – 55,60%
- Norvegiya – 55,03%
Bu davlatlar taʼlimga bo‘lgan qatʼiy sadoqatini namoyish etadi, bu esa aholi o‘rtasida yuqori darajadagi taʼlimni keltirib chiqaradi va turli sohalarda global nufuzni oshirishga yordam beradi. Visevoter tahlilchilari, shuningdek, yetakchi mamlakatlarda yaxshi moliyalashtirilgan taʼlim dasturlari, jahon darajasidagi universitetlar mavjudligi va ilmiy tadqiqotlarga eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.