Maxfiylik siyosati
Ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash sohasidagi siyosat (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) Votum.uz manzili bo‘yicha internet tarmog‘idagi saytda joylashtirilgan (keyingi o‘rinlarda – Nashr) hamda o‘quvchilar va Nashrning boshqa foydalanuvchilari Nashr, uning xizmatlari, dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish chog‘ida olishlari mumkin bo‘lgan barcha axborotga nisbatan qo‘llaniladi.
Nashr xizmatlaridan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosat hamda unda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini bildiradi; ushbu shartlardan norozi bo‘lgan Foydalanuvchi Nashr xizmatlaridan foydalanishdan tiyilishi lozim.
- Umumiy qoidalar
- 1.1. Ushbu Siyosat doirasida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga quyidagilar kiradi:
- 1.1.1. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda (hisob qaydini yaratishda) yoki Nashrdan foydalanish jarayonida mustaqil ravishda taqdim etadigan o‘ziga tegishli axborot, jumladan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari.
- 1.1.2. Nashr ma’muriyati umumiy tartibda foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirmaydi va ularning amalda ekanligini nazorat qilmaydi. Biroq, Nashr ma’muriyati foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shaklida taklif qilinadigan savollar bo‘yicha ishonchli va yetarlicha shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishidan kelib chiqadi hamda ushbu ma’lumotlarni dolzarb holatda saqlaydi. Haqqoniy bo‘lmagan axborot uzatilishi xavfi uni taqdim qilgan foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi.
- 1.1.3. Ushbu Maxfiylik siyosati faqat Votum.uz Nashriga nisbatan qo‘llaniladi. Votum.uz Nashri Foydalanuvchi ushbu Nashr sahifalarida mavjud havolalar bo‘yicha o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarning saytlarini nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar sanalmaydi.
- Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari
- 2.1. Nashr shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi maqsadlarda to‘playdi va saqlaydi:
- 2.2.1. Ro‘yxatdan shtgan Foydalanuvchi Nashrning barcha mavjud xizmatlaridan foydalanishi uchun uni identifikatsiya qilish.
- 2.2.2. Foydalanuvchiga Nashrning shaxsiylashtirilgan resurslaridan foydalanish imkonini taqdim qilish.
- 2.2.3. Foydalanuvchi bilan qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, jumladan Nashrdan foydalanish bilan bog‘liq xabarlar, so‘rovlarni yuborish, Foydalanuvchining so‘rovlari va talabnomalarini qayta ishlash.
- 2.2.4. Nashr bilan ishlash sifatini, undan foydalanish qulayligini yaxshilash, yangi xizmat va servislarni ishlab chiqish.
- 2.2.5. Reklama faoliyatini amalga oshirish.
- Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari
- 3.1. Foydalanuvchini avtorizatsiyalash va u bilan qayta aloqani saqlash imkoniyatini ta’minlaydigan shaxsiy ma’lumotlar to‘planadi.
- 3.1.1. Nashr Foydalanuvchi roziligi bilan quyidagi ma’lumotlarni oladi:
- Elektron pochta manzili;
- Ism va Familiya.
- Ayrim ma’lumotlar Foydalanuvchi qurilmasida o‘rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida ulardan foydalanish jarayonida avtomatik tarzda Nashr servislariga uzatiladi, jumladan:
- IP-manzil;
- cookie fayllari ma’lumotlari;
- Foydalanuvchi brauzeri haqidagi ma’lumot (yoki Nashr resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan boshqa dastur);
- Foydalanuvchi tomonidan ishlatiladigan qurilma va dasturiy ta’minotning texnik tavsiflari;
- Nashr resurslaridan foydalanish sanasi va vaqti;
- so‘ralgan sahifalarning manzillari.
- Olingan shaxsiy ma’lumotdan foydalanish
- 4.1. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar Nashr resurslarida avtorizatsiyadan o‘tish hamda Foydalanuvchi bilan, jumladan xabarlarni jo‘natish uchun qayta aloqani amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
- Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va uchinchi shaxslarga taqdim qilish shartlari
- 5.1. Nashr o‘zining ichki reglamentlariga muvofiq Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi.
- 5.2. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanadi, bundan Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni cheklanmagan shaxslar doirasiga umumiy foydalanish uchun taqdim etadigan holatlar mustasno.
- 5.3. Sayt Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga quyidagi holatlarda taqdim etishi mumkin:
- 5.3.1. Foydalanuvchi bunday harakatga rozilik berganida.
- 5.3.2. Ma’lumotni uzatish Foydalanuvchi ma’lum xizmatdan foydalanishi yoxud Foydalanuvchi bilan tuzilgan kelishuv yoki shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lganida.
- 5.3.3. Ma’lumotni uzatish belgilangan tartib-taomil doirasida qonunchilikda nazarda tutilganida.
- 5.3.4. Nashr sotilgan taqdirda ushbu Siyosatning olingan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha shartlariga rioya qilishga doir barcha majburiyatlar xaridorga o‘tadi.
- 5.3.5. Foydalanuvchi Nashrdan foydalanish shartlarini buzgan taqdirda, Nashr ma’muriyati yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida.
- 5.4. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash cheklanmagan muddatda istalgan qonuniy usulda, jumladan shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimlarida avtomatlashtirish vositalari yordamida yoki ulardan foydalanmagan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-iyuldagi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
- 5.5. Shaxsiy ma’lumotlar yo‘qotilganida yoki oshkor qilinganida Nashr ma’muriyati Foydalanuvchiga shaxsiy ma’lumotlar yo‘qotilgani yoki oshkor qilingani haqida xabar beradi.
- 5.6. Nashr ma’muriyati Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifiy qo‘llanilish, yo‘q qilinish, o‘zgartirilish, bandlanish, nusxa ko‘chirilish, tarqatilishdan hamda uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoyalash uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
- 5.7. Nashr ma’muriyati Foydalanuvchi bilan birgalikda Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari yo‘qotilganligi yoki oshkor etilganligi bilan bog‘liq zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi.
- Shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish sharlari
- 6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Nashr resurslaridan foydalanishni to‘xtatish va o‘zi yaratgan hisob qaydini o‘chirish huquqiga ega. Buning uchun Foydalanuvchi Nashrda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan Votum.uz elektron pochta manziliga hisob qaydi va shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishga so‘rov yuboradi.
- 6.2. Ma’muriyat Foydalanuvchining asoslantirilgan yozma so‘rovini olganidan so‘ng 15 (o‘n to‘rt) kun davomida Foydalanuvchi hisob qaydi va u bilan bog‘liq shaxsiy ma’lumotlarni o‘chiradi.
- Shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish sharlari
- 7.1. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
- 7.1.1. Nashr resurslaridan foydalanish uchun zarur shaxsiy ma’lumotlarga doir axborotni taqdim etish.
- 7.1.2. Ushbu axborot o‘zgargan taqdirda shaxsiy ma’lumotlarga doir axborotni yoki uning bir qismini yangilash, qo‘shimcha kiritish, o‘chirish.
- 7.2. Nashr ma’muriyati quyidagilarga majbur:
- 7.2.1. Olingan axborotdan faqat ushbu Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanish.
- 7.2.2. Maxfiy ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlash, Foydalanuvchining yozma roziligisiz ularni oshkor qilmaslik, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan berilgan shaxsiy ma’lumotlar sotilishi, almashtirilishi, chop etilishi yoki boshqa usullarda oshkor qilinishiga yo‘q qo‘ymaslik, bundan ushbu Maxfiylik siyosatida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
- 7.2.3. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishini ta’minlash uchun odatda mavjud ishbilarmonlik aylanmasida bunday axborotni himoya qilish uchun qo‘llaniladigan tartibga binoan ehtiyot choralarini ko‘rish.
- 7.2.4. Haqqoniy bo‘lmagan shaxsiy ma’lumotlar yoki noqonuniy harakatlar aniqlan taqdirda, Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yoxud sub’ektlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organ murojaati yoki so‘rovi kelib tushgan vaqtdan boshlab tegishli Foydalanuvchiga mansub shaxsiy ma’lumotlar bloklanishini amalga oshirish.
- Qo‘shimcha shartlar
- 8.1. Nashr ma’muriyati ushbu Maxfiylik siyosatiga Foydalanuvchi roziligisiz o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
- 8.2. Yangi Maxfiylik siyosati, agar Maxfiylik siyosatining yangi tahririda boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, Saytda joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
- 8.3. Ushbu Maxfiylik siyosati bo‘yicha barcha takliflar yoki savollar Votum.uz manzili bo‘yicha Nashr ma’muriyatiga yetkazilishi shart.
- 8.4. Amaldagi Maxfiylik siyosati htpps: votum.uz/pravila manzilidagi sahifada joylashtirilgan.
Kontentdan foydalanish qoidalari
- Siz Votum.uz saytidan foydalanish orqali ushbu Qoidalarga rioya qilish yoki Kontentdan foydalanishni rad qilish majburiyatini olasiz.
- Kontentdan foydalanish.
2.1. Kontent – Votum.uz saytida joylashtirilgan matnlar, suratlar, audiovizual asarlar, musiqa, musavvirlik asarlari, grafika, dizayn, audiomateriallar, Votum.uz (keyingi o‘rinlarda – Nashr) yoki uchinchi shaxslar egalik qiluvchi va/yoki huquqiy egasi hisoblangan intellektual ongning boshqa natijalari, individuallashtirish vositalari, axborot.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida belgilangan holatlardan tashqari, Kontentdan uning huquqiy egasidan dastlabki yozma ruxsat olmasdan har qanday shaklda foydalanish taqiqlanadi.
2.3. Siz tomondan Votum.uz saytida belgilangan Kontentdan erkin foydalanishni nazarda tutuvchi amaldagi qonunchilik qoidalariga rioya etilishi maqsadida ko‘chirish manbasi quyidagi tartibda ko‘rsatilishi kerak:
2.3.1. Bosma shaklda foydalanilganda: Votum Rating.
2.3.2. Internet tarmog‘ida foydalanilganda: Votum.uz va tegishli Kontent joylashtirilgan Votum.uz sahifasi manziliga izlash tizimlari uchun ochiq bevosita giperhavola. Giperhavola Foydalanuvchi materialining boshida ko‘rsatilishi kerak.
2.3.3. Radio va teledasturlarda, audiovizual asarlarda foydalanilganda – Votum Rating og‘zaki eslatib o‘tilgan shaklda.
2.4. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning Kontentidan foydalanish bilan bog‘liq barcha masalar yuzasidan bevosita bunday Kontentning huquq egasiga murojaat qiladi.
2.5. Tahliliy va mualliflik materiallaridan faqat Nashrning yozma ruxsati (huquqi) olinganidan so‘ng foydalanish mumkin. Ushbu materiallarga nisbatan har qanday qayta ishlash taqiqlanadi, ulardan faqatgina 100 foiz mazmunga rioya qilgan holda foydalanish mumkin. Bunda qator tahliliy va mualliflik materiallari faqat tijoriy maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
2.6. Votum.uz Kontentidan foydalanish uchun ruxsat olish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
2.6.1. Boshqa Kontentdan foydalanishga ruxsat olish uchun votumrating@gmail.com manziliga xat yozish. - Votum.uz Kontentidan foydalanish bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Votum.uz Kontentidan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi moddiy va protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan sudga tegishlilik tartibida O‘zbekiston Respublikasi tegishli sudlarida hal qilinadi.
- Qoidalar Nashr tomonidan Sizga hech qanday xabar bermagan holda bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Qoidalarning yangi tahriri Votum.uz manzili bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Siz Qoidalarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritilganligini muntazam tekshirish majburiyatiga egasiz.
- Qoidadagi istalgan shartlar buzilgan holda Kontentdan foydalanish Nashr va/yoki uchinch shaxslarning huquqlari buzilganligini anglatadi hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.